O'zbekiston—Eron: YAngi qo'shma korxonalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

    Biznes 27 May 2023 1084

    Ayni damda muhokamalar davom etmoqda.

    Kuni kecha "Toshkentdagi eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi"da Erondan tashrif buyurgan "Electronic Afzar Azma", "ESFA Group", "Atlas Tubine Pars" hamda "Sanjesh Afzar Asia" kompaniyalari rahbarlari ishtirokida B2B (Biznesdan biznesga) uchrashuvlari tashkil etildi.

    Unda 15 dan ortiq mahalliy korxonalar hamda qo'shma kompaniyalar vakillari qatnashdi.

    "Uchrashuvimizda O'zbekistonning yirik kompaniyalari ham ishtirok etganidan juda xursand bo'ldik. Kelgusida biz bu kabi ishonchni oqlashga, yanada yirik tadbirlar tashkil etib, ikki mamlakat hamkorligida ko'prik vazifasini o'tashga harakat qilamiz. Bugungi uchrashuv davomida ham turli loyihalar taklif sifatida kelib tushdi. Xususan O'zbekiston kompaniyalar 2 ta qo'shma korxona tashkil etish yuzasidan eronlik tadbirkorlarga taklif bildirishdi. Ayni damda muhokamalar davom etmoqda", dedi "Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi" rahbari Rasul Beheshtifar.

    Shuningdek, turli oliy ta'lim muassasalaridan o'qituvchilar hamda talabalar ham uchrashuvga kelib, eronlik yirik tadbirkorlar bilan suhbatlashishdi. Tadbirkorlar talabalarga o'zlarining tajribalari, tadbirkorlikni boshlash yo'l-yo'riqlari hamda qiyinchiliklari haqida ma'lumot berishdi.