Oʻzbekistonga 2 oyda qaysi davlatlardan mobil telefon eng koʻp import qilingan?

    Ikki oyda 20 ming dona mobil telefon import qilingan.

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 20 ming dona mobil telefon import qilingan.

    Oʻzbekiston 2 oyda mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

    Xitoy – 16 714 dona

    Vyetnam – 3 013 dona

    Gonkong – 150 dona

    Hindiston – 120 dona