Oʻzbekistonga 7 oyda qancha sayyoh tashrif buyurgani maʼlum boʻldi

    Shu yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2024-yilning oʻtgan 7 oyida jami 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgan.

    Shuningdek shu yilning yanvar iyul oylarida eng koʻp Oʻzbekistonga Qirgʻizistondan (1,2 mln nafar), Tojikistondan (1,2 mln nafar), Qozogʻistondan (845,8 ming nafar), Rossiyadan (442,1 ming nafar) Turkmanistondan (83,7 ming nafar), Turkiyadan (62 ming), Xitoydan (35,5 ming), Hindistondan (33,3 ming), Janubiy Koreyadan (23,9 ming) hamda Italiyadan (19,5 ming) va boshqa davlatlardan (211,2 ming) nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan.