Piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo'l yuklari bojxona ko'rigidan o'tkazilganida, qo'l sumkasi ichidan yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko'rsatilmagan va og'zaki so'rovda ma'lum qilinmagan jami 837 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasini olib o'tayotgani aniqlandi. Bu haqida viloyat Bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, amaldagi tartiblarga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo'lgan va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga 100 million so'm ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.