Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni ochiqlandi

    Salomatlik 25 Sentabr 2024 474

    Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 % ga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

    Shu yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

    Tojikiston — 57 380 nafar, Qozogʻiston — 8 542 nafar, Qirgʻiz Respublikasi — 6 704 nafar, Rossiya — 1 299 nafar, Turkmaniston — 672 nafar, Turkiya — 27 nafar, Afgʻoniston — 20 nafar va boshqa davlatlar — 84 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan.