Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida 2,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O'zbekistonga tashrif buyurgan.
2023-yilning yanvar-may oylarida O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yo'qlash — 2,2 mln kishi
— dam olish — 274,1 ming kishi
— xizmat yuzasidan — 51 ming kishi
— davolanish — 28,1 ming kishi
— tijorat — 18,4 ming kishi
— o'qish maqsadida — 4,5 ming kishi
Xususan, O'zbekistonga 5 oyda eng ko'p Tojikiston davlati fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, 797,8 ming nafarni tashkil etmoqda.