YAngi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida aniqlanib, ulardan 3 nafari xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 nafari chegara bojxona posti xodimi. 5 nafari esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo'lib yuqtirgan. 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda. YAna 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.