Oʻzbekistonga kirib kelayotgan avtobus gʻildiraklari orasidan 1,8 mlrd soʻmlik zargarlik buyumlari topildi

    Taqinchoqlarning umumiy ogʻirligi 59 kg boʻlgan

    Toshkent viloyatida 1 mlrd 770 mln soʻmlik zargarlik buyumlarini avtobusda yashirincha olib kirish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, mamlakatga oʻtish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

    Shunda avtobusning qoʻshimcha gʻildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln soʻmlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

    Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.