Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga koʻp.
2021-yilning may oyida Oʻzbekistonga 49 ta elektromobil olib kelindi, bu aprel oyiga qaraganda 16 taga kam.
2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 166 ta:
Turkiya – 24 ta;
Koreya – 5 ta;
AQSH – 5 ta;
Germaniya – 3 ta;
Litva – 1 ta;
Ispaniya – 1 ta.