16-17-noyabrda respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutiladi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli boʻron boʻladi.
16-noyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi, 17-18-noyabrda togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha harorat keskin pasayishi kutiladi. 16-17-noyabrda shimolda, 17-18-noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.