Oʻzbekistonga navbatdagi VAR texnikalari olib kelindi

    Ayni kunlarda OʻFA tomonidan “Hawk-Ee” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan holda uchinchi VAR texnikalari olib kelindi.

    Bugungi kunda futbolga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ortidan futbol jadallik bilan rivojlanib bormoqda, bu esa muxlislarga yanada sifatli oʻyin taqdim etish imkoniyatini oshirmoqda.

    Tabiiyki, futbolning yanada jozibaliroq boʻlishida sifatli hakamlik ham muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sohani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, xususan hakamlikni yangi darajaga olib chiqishni oʻz oldiga vazifa sifatida belgilab olgan.

    Bu borada hakamlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, tajribasini oshirish, VAR tizimini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.

    Ayni kunlarda OʻFA tomonidan “Hawk-Ee” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan holda uchinchi VAR texnikalari olib kelindi. Ularning oʻrnatilish jarayoni boʻyicha mutaxassislar qizgʻin ish olib bormoqda. Bu orqali esa tez orada milliy chempionatimizda VAR tizimi ishtirokidagi oʻyinlar soni yanada ortishiga erishiladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi axborot xizmati.