Oʻzbekistonga necha nafar xorijlik oʻqish maqsadida kelgani maʼlum qilindi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 foizga oshgan.

    Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

    Hindiston — 2 241 nafar;

    Turkmaniston — 1 937 nafar;

    Tojikiston — 950 nafar;

    Qirgʻiz Respublikasi — 450 nafar;

    Pokiston — 273 nafar;

    Janubiy Koreya — 266 nafar;

    Xitoy — 266 nafar;

    Afgʻoniston — 147 nafar;

    AQSH — 132 nafar;

    Qozogʻiston — 122 nafar;

    Boshqa davlatlar — 618 nafar.