Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axbrot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M.N.Checheniston Respublikasidan 22 dona 4 turdagi qirgʻovullar va 5 dona Hindiston oq tovuslarini chegara bojxona postidan olib oʻtayotgan vaqtida toʻxtatildi.
Tekshiruv davomida tegishli hujjatlari mavjud emasligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, veterinar xulosasida qushlar nomi va soni notoʻgʻri koʻrsatilgan.
Qushlar holatga aniqlik kiritilgunga qadar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.