O'zbekistonga o'tgan 7 oyda eng ko'p sement Tojikistondan import qilingan

    Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilning yanvar`-iyul` oylarida O'zbekistonga qiymati 52,5 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan 1,3 mln. tonna sement import qilingan. 

    Sement importi hajmi o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming tonnaga kamaygan.

    2022 yilning 7 oyida oyida O'zbekiston tsement import qilgan asosiy davlatlar:

    Tojikiston – 533 ming tonna

    Qirg'iz R. – 385 ming tonna

    Qozog'iston – 353 ming tonna

    Turkmaniston – 11,5 ming tonna

    Eron – 6,7 ming tonna

    Xitoy – 1,4 ming tonna

    Rossiya – 782 tonna