Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi sababli, qidiruvda boʻlgan – 1987-yilda tugʻilgan – Sh.N. xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi.

Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari gʻoyalari taʼsiriga tushib, Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan va ularning taʼsirida 2016-yilda Suriya Arab Respublikasi hududiga oʻtib, xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida qoʻlga olinib, yurtimizga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.