Qayd etilishicha, Sulton Odil va Xolid Ibrohim JCH-2026 saralash bosqichida milliy terma jamoadagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun terma jamoadan chetlatildi va milliy turnirlardagi beshta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Shuningdek, 21 yoshli Sulton Odil (“Shabab Al-Ahli“) va 28 yoshli Xolid Ibrohim (“Sharja“) milliy turnirlarda 5ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchilar aynan qaysi qoidalarni buzganiga oshkor etilmagan.

BAA terma jamoasi Osiyo konfederatsiyasida boʻlib oʻtadigan 2026-yilgi jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida guruhdagi dastlabki ikki oʻrindan birini egallay olmadi va saralashning toʻrtinchi bosqichida oʻynaydigan boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston Abu-Dabida BAAga qarshi oʻyinda durang natija qayd etib, tarixda ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.