Tashrif doirasida Oʻzbekiston tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtadi.
Tadbirlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda ularni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.