Mazkur aksiyani Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Qohiradagi Elchixonasi va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tashkil etgan boʻlib, ushbu yukning yurtimizga olib kelinishi Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.
Umumiy qiymati 62 ming AQSH dollarini tashkil etgan 7,7 ming dan ortiq “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Taʼkidlash lozimki, Misr sogʻliqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024-yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini yurtimizga bepul yetkazib berish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.