Tadqiqotlarga ko'ra, 2015–2021 yillarda respublikaning zamonaviy chakana savdo bozori yiliga o'rtacha 17 foizga o'sgan. Savdo hajmining 58 foizdan ortig'i chakana oziq-ovqat savdosining ulushiga to'g'ri kelgan. 2026-yilga borib, O'zbekiston bozoridagi zamonaviy chakana savdoning ulushi deyarli ikki barobar oshishi mumkin.
2022-yilda sitrus mevalar va yong'oqlar importi hajmi 2018-yildagiga nisbatan quyidagicha oshgan:
- Keshyu yong'og'i - 8,2 barobar;
- Xurmo - 7,6 barobar;
- Mandarin - 6,6 barobar;
- Kivi - 4,7 barobar;
- Apelsin - 3,9 barobar.
Garvard universiteti Jamoatchilik sog'ligini saqlash maktabi tadqiqotiga ko'ra, sitrus mevalar salomatlik uchun ko'plab foydali xususiyatlarga ega. Jumladan, ularning tarkibida S vitamini, shuningdek, yurak - qon-tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan va surunkali yurak va qon-tomir kasalliklarining rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi flavonoidlar katta miqdorda mavjud.
- Keshyu yong'og'i mis va magniyga boy bo'lib, suyak mustahkamligini oshiradi.
- Xurmo tarkibida ko'p miqdorda polifenollar (antioksidantning bir turi) mavjud bo'lib, ular tanani saratonning ayrim turlaridan, shuningdek, diabet va yurak - qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi.









