Oʻzbekistonga Xitoydan elektrobuslarning navbatdagi partiyasi olib kelinmoqda

    Xitoyning Yutong kompaniyasining 100 ta elektrobusidan iborat birinchi partiyasi Qozogʻiston orqali Xorgosdan Oʻzbekistonga joʻnatildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi Matbuot xizmati.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirish yoʻnalishida 2025-yilda 200 dona elektrobuslar va ular uchun quvvatlash uskunalari xaridi loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Mazkur xaridlarni amalga oshirish maqsadida oʻtkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoy Xalq Respublikasi “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi gʻolib boʻlgan edi.

    Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq harakat tarkiblarini yetkazib berish jarayoni boshlandi. Mazkur loyiha Xitoyning Eksimbanki hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning moliyaviy koʻlmagida amalga oshirilmoqda.

    100 ta elektrobusdan iborat birinchi partiya Xorgosdan Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga yoʻlga chiqarildi. Barcha elektrobuslarni joʻnatish jarayoni joriy yilning sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi moʻljallanmoqda.