Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar oyida qiymati 4,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 3,2 ming tonna kungaboqar yogʻi import qilingan.

Kungaboqar yogʻi importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga kungaboqar yogʻi asosan qoʻyidagi davlatlardan import qilingan:

Qozogʻiston – 2,9 ming tonna;

Rossiya – 257 tonna.