O‘zbekistonlik 3 nafar bokschi Xalqaro boks federatsiyasi reytingidan joy oldi

    Sport 6 Iyul 2020 1851

    Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustalarining yangilangan reytingini e’lon qildi, deb xabar tarqatdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

    Ushbu reytingdan o‘zbekistonlik uch nafar bokschi o‘rin olgandi. Yangilangan reytingda ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rinda qayd etilgan. M.Ahmadaliyev, shuningdek, WBA yo‘nalishi chempioni hisoblanadi.

    Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kilogramm) Shoxjahon Ergashev oltinchi o‘rinni band etgan. Ushbu vazn toifasida reytingni jahon chempioni Josh Teylor boshqarib turibdi.

    Yarim o‘rta vazn (-66,6 kilogramm) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 1-pog‘onani saqlab qoldi. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.