Foto: QR Madaniyat va axborot vazirligi
Bugun esa ushbu saytda oʻzbekistonlik Yulduz Rajabovaning xalqaro kinofestivaldagi yutugʻi alohida eʼtirof etilgan.
Festival dasturiga 47 ta film kiritilgan. Xalqaro hakamlar hayʼati turli janrdagi loyihalarni baholadi, deb xabar beradi QR Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmati.
Maqolada “Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasi, “Eng yaxshi rejissyor” va “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyalari, “Eng yaxshi ssenariy” mukofoti kabi mukofotlarning gʻoliblari haqida maʼlumot bera turib, Yu. Rajabovaning yutugʻi alohida taʼkidlangan.
Unda “Eng yaxshi ayol roli” mukofoti “Shamskamar” filmidagi roli uchun oʻzbekistonlik Yulduz Rajabova va “Beyond the Rails” filmidagi roli uchun turkiyalik Mine Doʻgʻanga berildi. “Eng yaxshi erkak roli” mukofotini ozarbayjonlik Parviz Mamedrzayev “Oil” filmidagi roli qoʻlga kiritdi», — deyiladi.
Shular qatorida qozogʻistonlik Samal Yeslyamova TURKSOYning “Turk madaniyatiga qoʻshgan hissasi uchun” maxsus mukofotiga sazovor boʻlgani, Hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti Turkmanistonning “Kitap” va Qirgʻizistonning “Kachkin” filmlariga topshirilgani haqida xabarlar davom ettirilgan.
QR Milliy kinematografiyani qoʻllab-quvvatlash davlat markazi bilan Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekiston milliy kino tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolangani festivalning muhim voqealaridan biri boʻldi.
Shuningdek, festival doirasida davlat idoralari, milliy kino markazlari vakillari, ekspertlar va kino ijodkorlari ishtirok etgan Turk dunyosi filmlari sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitning markaziy mavzusi “Turk dunyosi va kino: hamkorlikning yangi ufqlari” boʻldi. Muhokama chogʻida kino sohasidagi davlat siyosati, xalqaro hamkorlikda ishlab chiqarish istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, kino orqali madaniy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Kazinform.








