Oʻzbekistonlik ayol Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga bosh kotib boʻldi

    Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati Gulnora Tulkunovna Saidovani Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

    Taʼkidlash joizki, ushbu muhim voqea Oʻzbekiston uchun ham, jahon miqyosida ham tarixiy ahamiyatga ega boʻldi, chunki Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tarixida birinchi marta Bosh kotib lavozimiga ayol kishi tayinlandi.

    Ayni paytda Gulnora Saida Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi, shuningdek, Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi ijrochi kotibi, Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat yuritadi.