O‘zbekistonlik boshqaruvidagi mashina Qozog‘istonda yo‘l transport hodisasiga uchradi

    "Gʻarbiy Yevropa- Gʻarbiy Xitoy" respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 544 kmda Qozog‘istonning Jambil viloyatida 15 iyun kuni taxminan soat 03:00 da yuk moshinasida yong‘in boshlanishi natijasida qatnov to‘xtagan.

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi boshqa yuk moshinasi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 4 ta moshinaga urilishi natijasida ushbu moshinalar yonib ketgan.

    Ushbu hodisalar oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.

    Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

    Hozirgi vaqtda hodisa O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migrasiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.