Aziza Qodiriy san’atning rassomchilik, hunarmandchilik, sohalarida, shuningdek eksperimental kostyumlar, to‘qimachilik mahsulotlari, spektakllar, installyasiyalar yaratish yo‘nalishlarida samarali ijod qilib keladi.
Ijodkor 2017-yilda Pekindagi Singhua universitetining dizayn va moda yo‘nalishini, 2020-yilda esa Londondagi Markaziy Sent-Martins universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
O‘zining professional faoliyati davomida u butun yevroosiyo qit'asida xalqaro miqyosda teatr, jonli ijrolar, filmlar va HR loyihalari uchun maxsus dizaynlarni yaratgan. Shuningdek, u bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazib kelyapti.
E’tiborli tomoni Aziza Qodiriy joriy yilgi Venetsiya biennalesida O‘zbekiston Milliy pavilonining bosh rassomi etib tayinlangan.
Suhbat davomida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston san’ati hamda madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida kelgusida birgalikda Londonda ko‘rgazmalar tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.