Xususan, 1-tur uchrashuvlaridan oʻrin olgan “Al-Jazira” (BAA) — “Al-Kuva” (Iroq) jamoalari oʻrtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynulin va Andrey Sapenkolar yordam berishsa, zaxira hakami sifatida Aziz Asimov faoliyat olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 9-aprel soat 01:45 da start oladi.