баннер
27 Mar 2025
01:14

    Oʻzbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga taklif qilinmoqda

    Qatarning “Hamad Medical Corporation” tibbiyot korporatsiyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda oʻzbekistonlik hamshiralarini ishga olishni boshlamoqda.

    Qayd etilishicha, 18 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan nomzodlar boshlanishiga 10 ta ish oʻrni boʻyicha saralab olinadi va 2000 dollardan 2750 dollargacha oylik maosh toʻlanadi.

    Shuningdek nomzodlardan kamida 2-yillik tajriba, ingliz tilini bilish kamida B1 darajada bilish talab etiladi. Boshqa tillar (arab, rus tili) qoʻshimcha ustunlik beriladi.

    Ish beruvchi tomonidan esa Qatarga borish xarajatlari va aviabilet, ishchi viza va tibbiy sugʻurta, uy-joy va mahalliy transport xarajatlari qoplab beriladi.

    Maʼlumot uchun, ish uch smenali tizimda amalga oshirilib, haftasiga 48 soat, 6 kunni tashki etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech