Agentlik maʼlumotiga koʻra, talabgorlar Saudi German Hospital, Dr. Soliman Fakeeh Hospital, Dr. Sulaiman Al Habib Medical Group hamda Abeer Medical Group kabi shifoxonalarda ishlashi mumkin. Ishga qabul qilish tanlovlari joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida va respublika hududlarida onlayn va oflayn shaklda oʻtkaziladi.
Tanlov manzil va sana haqida qoʻshimcha maʼlumot keyinroq eʼlon qilinadi.
Ishga qabul qilish uchun nomzodlar hamshiralik ishi boʻyicha bakalavr yoki oʻrta-maxsus diplomga ega boʻlishi, soha boʻyicha kamida bir yil ish tajribasi, 45 yoshdan oshmagan boʻlishi hamda ingliz tilini muloqot darajasida bilishi lozim. Arab tilini bilish afzal hisoblanadi.
Maosh 1000–1500 AQSH dollari miqdorida belgilangan boʻlib, malakali mutaxassislar uchun koʻproq toʻlov koʻzda tutilgan. Haftasiga olti kun, sakkiz soatlik ish jadvali joriy etiladi. Turar joy ish beruvchi tomonidan taʼminlanadi.
Shuningdek, aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sugʻurta bilan taʼminlanadi.
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://forms.gle/gpjBfmKY9CMUe2aA8
Murojaat uchun telefon raqami: (+998 71) 202-33-55 (ichki raqamlar: 123, 133, 210).








