Rossiya Federatsiyasi Mudofa vazirligidan xabar berishicha, tashrif davomida o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning muhandislik qurol-yarog‘vositalari, o‘quv jarayonini tashkillashtirish, o‘quv-moddiy baza, shuningdek Xalqaro minaga qarshi markaz infratuzilmasi bilan tanishgan.

Uchrashuv doirasida minadan tozalash sohasi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, shuningdek markazda o‘zbekistonlik harbiylarni tayyorlash masalalari muhokama etilgan.

«Markazning harbiy muhandislari saperlarni tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv-moddiy bazaning noyob ob’ektlari bilan tanishtirildi, shuningdek mutaxassislarni gumanitar minadan tozalash ishlariga o‘qitish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi», — deb qo‘shimcha qildi harbiy muassasa vakili.

Shuningdek delegatsiya rossiyalik saperlarning Laoss Xalq Demokratik Respublikasi hududlarini va Suriya Arab respublikasi shaharlarini minadan tozalash tajribasi bilan tanishtirildi, deb xabar beradi «EADaily».