Oʻzbekistonlik haydovchilar Latviyaga ishga taklif etiladi

    2025-yilda oʻzbekistonlik 400 nafar yuk avtotransporti haydovchisi “Kreiss” kompaniyasiga ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rasmiy telegram kanalida xabar berilishicha, Latviyadagi yirik logistika kompaniyasi — “Kreiss” bilan muzokaralar oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda “Kreiss”ning yuk avtotransporti haydovchilarini tayyorlov oʻquv markazlarini tashkil etiladi hamda 2025-yilda oʻzbekistonlik 400 nafar yuk avtotransporti haydovchisini “Kreiss” kompaniyasiga ishga joylashtiriladi. Bu boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    “Kreiss” 2024-yilda 215 mingta xalqaro yuk tashishni amalga oshirgan. Kompaniyaning 1500 ta avtotrakdan iborat oʻz avtoparki mavjud. 3000 nafar xodim ishlaydi, ular orasida bir guruh oʻzbeklar ham bor.