Bu haqda agentlikning Telegramʼdagi “Xorijda ish” eʼlonlar kanalida xabar qilindi.

Qayd etilishicha,

  • payvandchi,
  • muhandis-mexanik,
  • chilangar yoʻnalishlarida 70 ta boʻsh ish oʻrni mavjud. Oylik-maosh 1800 yevro oylik (Uy ijarasi va ovqatlanish oʻz hisobidan boʻladi).

Ish jadvali haftasiga besh kun (40 soat) boʻlib, sinov muddati olti oyni tashkil qiladi.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • yosh chegarasi: 40 yoshgacha
  • nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikat
  • metal texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va texnika yoʻnalishida kasb taʼlim diplomi yoki
  • avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik boʻyicha bakalavr diplomi
  • soha boʻyicha kamida 1-yillik tajriba
  • ish jadvali: haftasiga 5 kun, 40 soat

Tanlab olingan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • aviabilet;
  • aeraportdan ish joyigacha transfer;
  • arzonlashtirilgan yashash joyi topishda yordam.

Ulardan, shuningdek, metall texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va texnika yoʻnalishida kasb taʼlim diplomi yoki avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik boʻyicha bakalavr diplomi, soha boʻyicha kamida 1-yillik tajriba, sudlanmagan va jismonan sogʻlom boʻlishi talab etiladi.

Nomzodlar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Murojaat uchun: +998 71−202−33−55 (ichki raqam 10).