Unda Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari, yosh tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar, ayni paytda Yevropa va dunyoning boshqa rivojlangan davlatlarida oʻz ilmiy va mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizdan iborat 300 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.
Vebinarda AQSHning Kaliforniya universiteti tibbiyot kafedrasi professori, virusolog olim Mavlon Toʻgʻizov, Germaniyaning Leypsig qishloq xoʻjaligini landshaftlashtirish ilmiy tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, mikrobiolog Dilfuza Egamberdiyevaning maʼruzalari tinglandi.
Onlayn muloqot chogʻida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, unga qarshi kurashish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Xorijiy davlatlar tajribasi muhokama qilindi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.
Ekspertlarning fikricha, pandemiyaning nihoyasi koʻrinmayotgan ekan, eng toʻgʻri yoʻl bu kasallik bilan yashashni oʻrganishimizdir. Karantin qoidalariga amal qilsak, yangi kasallanish holatlari kamayishiga hissa qoʻshamiz. Olimlar esa imkon qadar tezroq ushbu kasallik davosini topishlariga shubha yoʻq.
Kamoliddin Bediyev,
Berlin shahri