Bu haqda Qozog'iston IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, YTH taxminan soat 17:00 da Oqjayq tumanidagi Uralsk-Atirau trassasida yuz bergan. 41 yoshli O'zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi «Mazda» CX-7 rusumli avtomobil` qarama-qarshi yo'lga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan.
Yo'l-transport hodisasi natijasida «Mazda» CX-7 haydovchisi va ikki nafar yo'lovchisi, 1984 yilda tug'ilgan ayol va 2012 yilda tug'ilgan voyaga etmaganlar voqea joyida halok bo'lgan, ularning barchasi bir oila a'zolari bo'lgan.
Mashinada bo'lgan to'rt kishidan faqat 14 yoshli o'smir tirik qolgan. U tuman kasalxonasida, - deyiladi xabarda.