Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar oʻquvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi oʻquvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Belgilangan tartibga koʻra, medal sohibi oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Bronza medali uchun oʻquvchiga 60 mln. soʻm, uning oʻqituvchisiga esa 45 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi, deb yozmoqda xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.