“Dunyo“ AAning xabar berishicha, shu yilgi olimpiadada 23 ta davlatdan 1800 nafar oʻquvchi sinflar kesimida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Milliy saralash bosqichida Oʻzbekistondan 1000 nafardan ortiq oʻquvchi qatnashdi, ular orasidan 60 nafari xalqaro bosqichga yoʻllanma oldi.
Olimpiada gʻoliblariga xalqaro darajadagi diplomlar topshirildi. Bu ularga kelgusida nufuzli oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish, stipendiya va taʼlim imtiyozlarini olish huquqini beradi.
Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasiga (CEAMO) Singapurning Terri Chyu akademiyasi tomonidan asos solingan. Mazkur olimpiada orqali oʻquvchilarning matematika fanidan bilimi va savodxonligi sinovdan oʻtkaziladi.
Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning 7 dan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari muntazam ishtirok etib kelmoqda.