Mazkur turda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni 2.5-1.5 hisobida magʻlub etishdi. Qizlar jamoasi esa Gollandiya bilan 2-2 hisobida durang oʻynadi.
Shuningdek, 45-butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida keyingi tur oʻyinlaridagi raqiblarimiz aniq boʻldi.
7-turda erkaklar terma jamoamiz Ukraina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ayollar terma jamoamiz esa Gretsiya jamoasi bilan bahs yuritadi.
Eslatma: Bugun olimpiadada dam olish kuni. Bahslar 18-sentyabr 18:15dan boshlab davom ettiriladi.