O'zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg'onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko'rikdan o'tkazdi

    Tibbiy ko'rik davomida afg'on fuqarolariga 1, 6 mlrd so'mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiena vositalari tarqatildi.

    “O'zbekiston temir yo'llari” AJ “Temir yo'l ijtimoiy xizmatlari” muassasasiga qarashli «Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poezdida Afg'onistonning Balx viloyatiga tashrif buyurgan shifokorlar tibbiy ko'rik o'tkazdi.

    «Salomatlik» tibbiy-sanitar yordam poezdi 15 xil turdagi tibbiy asbob uskunalar bilan jixozlangan va jami 28 nafar tibbiyot xodimi va 5 nafar temir yo'l mutaxassislar bilan ta'minlangan.

    O'tgan 3 kun davomida shifokorlar Afg'onistonning o'nlab hududlaridan kelgan, jami 1300 nafardan ziyod fuqarolarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdilar. SHulardan 576 nafari erkaklar, 464 nafari ayollar va 273 nafari yosh bolalardir.

    

    SHuningdek, tibbiy ko'rik davomida afg'on fuqarolariga 1, 6 mlrd so'mlik 50 turdagi dori-darmon va gigiena vositalari tarqatildi.

    Tibbiy ko'rik joriy yil 30 dekabriga qadar davom etdi.