Oʻzbekistonning milliy mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksportini rivojlantirish maqsadida Xitoyning “Samʻs Club China” ulgurji va chakana savdo markazlari tarmogʻi bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.
“Samʻs Club China” savdo markazlari tarmogʻi AQSHning “Walmart Inc.”savdo tarmogʻiga qarashli boʻlib, Xitoyda faoliyat yuritayotgan mazkur savdo tarmoqlari uchun xalq isteʼmoli tovarlarini chet eldan import qilish bilan shugʻullanadi.
“Samʻs Club China” savdo markazlari tarmogʻi boʻyicha batafsil maʼlumotni veb-saytidan olishingiz mumkin.
“Samʻs Club China” savdo markazlari orqali oʻz mahsulotlarini Xitoyda sotmoqchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ilovadagi soʻrovnoma-anketani toʻldirgan holda “Samʻs Club China” savdo markazlari tarmogʻiga taqdim etishlari, mahsulot yetkazib berish takliflari saralab olingandan soʻng, “Samʻs Club China” savdo markazi tomonidan hamkorlik shartlari va talablari maʼlum qilinadi.
Hozirda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xitoyning “Samʻs Club China” savdo markazlari tarmogʻida oʻz mahsulotlarini sotish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining takliflari yigʻilmoqda.