Oʻzbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    Maʼlumotlarga koʻra, ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirilgan bolalar vatanga qaytarilib, ijtimoiy himoya tizimi nazoratiga olindi.

    Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida oʻz ota-onasi tomonidan chet elda qarovsiz qoldirilgan aka-ukalar aniqlanib, Oʻzbekistonga qaytarildi. Vatanga qaytgan bolalar Buxoro tumani “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi.

    Markazning huquqiy masalalar boʻyicha ekspert-maslahatchisi tomonidan onalik huquqidan mahrum qilish va aliment undirish yuzasidan fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

    Bolalar esa Peshku tumanidagi Oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Ularning taʼlim olish huquqini taʼminlash va ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish maqsadida qoʻshimcha fan toʻgaraklariga jalb qilindi.