Bolalar musiqali konkursining eng munozarali qismiga “Vitebskdagi slavyanlar bozori” XXXIII Xalqaro sanʼat festivalining ochilish marosimida yechim topildi. Ijodiy bellashuvning ikkinchi kunidan soʻng Bosh sovringa birvarakayiga ikki daʼvogar chiqib qoldi. Uzoq muhokamadan soʻng jyuri Oʻzbekistondan kelgan ishtirokchi Yasmina Husniddinovani haqiqiy gʻolib deb topdi, deb xabar beradi BELTA.
Gʻolibga mukofotni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.