Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Ya.Silin, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakili S.Salomov, Sverdlovsk viloyatidagi oʻzbek diasporasi rahbari A.Turatov va bir qator diaspora faollari ishtirok etgan uchrashuvda talabalar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar oʻrganildi, barcha savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda davlatimiz tomonidan xorijda tahsil olayotgan hamda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekistonda Prezidentlik saylovlari oʻtkazilishi va unda faol ishtirok etish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz bilan turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar taʼsiriga tushib qolmaslik borasida profilaktik suhbat oʻtkazildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.