Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tongda “Umra—2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketgan.
Ularni kuzatib qoʻyish uchun taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportiga tashrif buyurgan.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” hamkor shirkati rahbari Abusarhad Nosir Abdulloh bilan “Umra—2022” mavsumini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Shu bilan birga, 2020-yil fevral oyiga qadar Umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan toʻlovlarni amalga oshirganlar qoʻshimcha ravishda 4 million 770 ming soʻm mablagʻ toʻlashi maʼlum qilingan.