Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekistonliklar quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha ishga taklif etilmoqda.
– Yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
– Qurilish, qishloq xoʻjaligi va yuk koʻtarish texnikalari boʻyicha texnik.
Oylik ish haqi 2100 yevro boʻlib, nomzodlardan quyidagilar talab etiladi.
— ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
— yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik maʼlumot;
— yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
— yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish;
— yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
— yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
— 25-40 yoshdagi erkaklar;
— sudlanmagan.
Ish beruvchi hisobidan ishlash uchun ruxsatnoma, ishchi vizasi va ishga joylashish uchun roʻyxatga olish xarajatlari qoplab beriladi.
Fuqaro hisobidan agentlik xizmati, oʻqitish va koʻniktirish, aviachipta xarajatlari.
Roʻyxatdan oʻtish 29-avgust soat 14:00 ga qadar davom etadi.