Oʻzbekistonliklar bu yil ham Haj ziyoratiga bora olishmaydi

    Mamlakatimizda 12 Iyun 2021 1051

    Koronavirus pandemiyasi sababli joriy yilgi Haj ziyorati faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar (rezidentlar) uchun tashkil etiladi.

    Joriy mavsumdagi Haj ziyoratiga jami 60 ming nafar 18 dan 65 yoshgacha emlangan mahalliy ziyoratchilar tashrif buyurishiga ruxsat etilgan.

    Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berilmagan.