Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Germaniyada ishlash istagida boʻlgan nomzodlar 18−40 yosh oraligʻida, kollej, texnikum yoki OTM diplomi, kamida 1-yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, nemis tilini B1 darajada bilish ham talab etiladi.
Ish haftasiga 40 soat (5/2)ni, sinov muddati esa 6 oyni tashkil etadi.
Qabul qilinganlarga chipta xarajatlari qoplab beriladi. Sinov muddati oʻtgandan keyin oila aʼzolarni ham olib ketish mumkin boʻladi.
Shuningdek, ishchilar bilan uzoq yillik mehnat shartnomasi tuziladi.
Nomzodlar quyidagi havolalar orqali har bir soha uchun alohida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:
— elektrik
— payvandchi.