Bu haqda “Dunyo” AA deb xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiyasi Koreya Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, malakalarni oʻzaro tan olish va kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani qisqartirish, shuningdek, odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston fuqarolarini Koreyada mavsumiy mehnat ishlarida (Ye-8) ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muntazam videokonferensaloqa oʻtkazish uchun ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.









