Oʻzbekistonliklar uchun Buyuk Britaniyada boʻsh ish oʻrinlari taklif etilmoqda

    Ish haqi (ishbay) soatiga 10 £ dan boshlanadi.

    Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga bormoqchi boʻlganlardan quyidagilar talab etiladi:

    − 18-45 yosh;

    − rus yoki ingliz tilini bilish;

    − qishloq xoʻjaligi ishlari boʻyicha tajriba;

    − sudlanmaganlik;

    Ish haqi (ishbay) soatiga 10 £ dan boshlanadi.

    Fuqaro hisobidan agentlik xizmati, oʻqitish va koʻniktirish uchun BHMning 5 baravari, viza toʻlovi 330 £, aviachipta uchun toʻlov qilinadi.

    Nomzodlar 2023-yil 10-noyabr soat 9:00 dan 11-noyabr soat 9:00 gacha “labormigration.uz”da roʻyxatdan oʻtishi lozim. 2023-yil 13-14-noyabr kunlari roʻyxatdan oʻtgan nomzodlarning elektron pochtasiga rus tili boʻyicha onlayn testga havola va uni topshirish shartlari yuboriladi.

    Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga chaqiriladi.

    “Murojaat uchun 71 202-33-55 yoki 1282 (qisqa raqami)ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin”, deyiladi agentlik xabarida.