Oʻzbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda

    1,5 ming dollar oylik maosh evaziga Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyasi "Shimizu Corporation" oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda.

    Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Ish joy Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyasi "Shimizu Corporation" boʻlib ishlaydiganlar uchun ish tajribasi talab etilmaydi.

    Oylik maosh: 220-235 ming iyena (soliqlar bilan birga qoʻshib hisoblaganda)

    Ish beruvchi nomzodlarni ogʻzaki suhbatlar asosida tanlab oladi.

    Talablar:

    Erkaklar;

    18-35 yoshgacha;

    Yapon tili sertifikati: JLPT N4 yoki JFT Basic A2;

    Qurilish maxsus malaka imtihoni sertifikati (Tokuteigino 1-go);

    Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;

    5-yilgacha ishlashga tayyor.

    Batafsil

    Roʻyxatdan oʻtish (19-iyul soat 18:30 dan 22-iyul soat 12:00 gacha)