Ma'lumotga ko‘ra, 2022-yil yanvar-mart oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 426,8 ming so‘mni tashkil etib, (2021-yilning yanvar-mart oylarida 2 876,4 ming so‘m bo‘lgan) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 119,1 foizga yetgan.
Jumladan, hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5 211,4 ming), hamda Navoiy (4 730,5 ming) va Toshkent (3 749,3 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Eng kam ko‘rsatkich esa Farg‘ona (2 592,7 ming), Surxondaryo (2 611,6 ming) va Qashqadaryo (2 626,2 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2018-2022 yillarning yanvar-mart oylari o‘rtacha oylik ish haqi dinamikasiga eʼtibor qilinsa, davrlar oralig‘idagi eng katta sezilarli o‘sish 2022-yilda qayd etilganligini kuzatish mumkin.
Maʼlumot uchun, 2021-yil davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 marta oshirilgan (2021-yil 1 fevral va 2021-yil 1 sentyabr).